Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva tomonidan tumaning Orol mahallasida joylashgan 3-son umumta’lim maktabida mahalla xotin-qizlar faoli hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida mazmunli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, xususan, o‘quvchi qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni yetkazish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Deputat N. Ruziyeva o‘quvchilar bilan uchrashuv davomida oilada, maktabda va ijtimoiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlarda murojaat qilinadigan tashkilot va ishonch telefonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiynayotgan savollarni berdi, fikr va takliflarini bildirdi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ham mavzu yuzasidan tushuntirishlar berilib, qizlarning o‘zini himoya qilish madaniyati, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik kabi hayotiy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi.

Slide 1 of 5