Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Zarbdor tuman deputati viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi

Jizzax viloyatida “Eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlovda tuman va shaharlardan saralangan eng faol deputatlar ishtirok etib, o‘zlarining tashabbuskorligi, saylovchilar bilan ishlashdagi samaradorligi hamda jamoatchilik orasidagi faolligi bo‘yicha bellashdilar. Baholash jarayonlari nizom talablariga muvofiq, ha’kamlar hay’ati tomonidan odilona amalga oshirildi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Xudoyarova Gulzoda Fayzullayevna munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Deputatning aholining murojaatlari bilan ishlashdagi tizimli yondashuvi, ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi amaliy ishlari hamda tashabbuskorligi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, faoliyati samarali deb topilgan tuman va shahar kengashlariga kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi nomidan deputatimiz Xudoyarova Gulzoda Fayzullayevnani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

Slide 1 of 5