Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Гулистон МФЙдаги 9-сонли мактаб ҳудудида барпо этилган замонавий спорт майдончасида қурилиш ишлари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутатлик фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Депутатлик назорати амалда
янв.21
Қонун ижроси юзасидан ўрганиш ва комиссия йиғилиши ўтказилди
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gafurdjan Muxamedov Parkent tumanidagi o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlari (MFY) faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla aholisini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, mavjud masalalarga amaliy yechim topish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish maqsadida fikr almashdi.

Tadbirda mahalla raislari, faollar, nuroniylar, yoshlar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Uchrashuv chog‘ida aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar, jumladan: infratuzilmani yaxshilash, ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, hamda yoshlarni bandlik bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarildi.

Gafurdjan Muxamedov har bir masalaga alohida e’tibor qaratib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Deputat fuqarolarning taklif va e’tirozlarini eshitib, ayrim muammolarni joyida hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Uchrashuv yakunida deputat bunday ochiq muloqotlar muntazam ravishda o‘tkazilib, saylovchilarning murojaatlari asosida aniq natijalarga erishilishini bildirdi.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 3