Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат худудларда
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутатлик одоб-ахлоқи масалалари таҳлили
янв.21
ҚАРОР ИЖРОСИ — ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТУМАН ҲОКИМИ ВА КЕНГАШ РАИСИ САЙЁР ҚАБУЛИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЧИҚИНДИЛАРНИ ЎЗ ВАҚТИДА ОЛИБ ЧИҚИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ УЧРАШУВИ
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР БИЛАН УЧРАШУВ ЎТКАЗДИ
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani Farhod mahallasida joylashgan 46-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev, maktab direktori, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan kecha davomida Konstitutsiyaning ahamiyati, undagi asosiy prinsiplar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan normalar haqida keng tushunchalar berildi. O‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va ijodiy chiqishlar namoyish qilinib, davlatimiz asosiy qonuniga bo‘lgan hurmat va sadoqat tarannum etildi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, ularning hayotimizga ta’siri va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida fikr almashdilar.

Mazkur ma’rifiy uchrashuv o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni oshirish, Vatan va qonunga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 8