Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada deputatlar korpusi tarkibidan 15 nafar deputatdan 11 nafari ishtirok etdi, bu esa sessiyaning qonuniyligi uchun
yetarli kvorumni ta’minladi.
 

Majlisga Yangiobod tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar va OAV vakillari taklif etildi. 

Kun tartibida jami 4 ta masala ko‘rib chiqildi, jumladan: 

- Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani olidini olish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida:
 

- Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning 2025-yil 3-chorak
uchun hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida:
 

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni
jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda 2025-yil 11 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida:
 

- Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida:

Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilar axborot berdi, deputatlar tomonidan savollar berildi va o‘rinli taklif hamda
tashabbuslar bildirilidi. Muhokamalar yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya yakunida
kelgusi davrda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 9