Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

SHEROBOD TUMANIDA NAZORAT-TAHLIL TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Xolmirzaeva Ra’no Shamilovna, shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari Tursunov Otabek, Xakimova Lola va To‘rayeva Saxovatlar tomonidan Sherobod tumani “Hududgazta’minot” filiali faoliyatida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish jarayonlari bo‘yicha navbatdagi nazorat-tahlil o‘rganishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida tumandagi aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berilishining amaldagi holati o‘rganildi. Shuningdek, mavjud texnik quvvatlar, ta’minot zanjiridagi uzilishlar va ularni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Deputatlar gaz taqsimoti va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlarning oldini olish hamda aholining murojaatlari bo‘yicha ijobiy natijaga erishish maqsadida mas’ularga aniq topshiriqlar berdi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli tashkilot va idoralarga taklif va tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi deputatlar tomonidan muntazam nazoratga olindi.

Slide 1 of 5