Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
🏗 Davlat dasturi ijrosi deputatlar na’zoratida

 🏗 Fozil Yo‘ldosh mahallasida ichimliksuvi inshooti qurilishi o‘rganildi 

      Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 8-Soxibkor saylov okrugidan saylangan deputati Sanobar Abduraxmanovna Juraboyeva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-martdagi Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi bo‘yicha PQ-141-sonli qarori ijrosini o‘rganish maqsadida Fozil Yo‘ldosh mahallasida bo‘ldi. 

       Loyiha doirasida mazkur hududda yangi suv inshooti qurilishi hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘rgnish davomida deputat qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati va kelajakda aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi tizimining texnik holati bilan tanishdi. Sanobar Juraboyeva mutasaddilar va pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatda ishlarning qurilish normalari va sanitariya talablariga to‘liq rioya etilgan holda bajarilishi zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, u loyihaning belgilangan muddatlarda sifatli yakunlanishi mahalla aholisi uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. 

       Ushbu loyiha aholining ichimlik suvi bilan uzluksiz va sifatli ta’minlanishini ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.  

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 9