Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och - Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xashimova Karomat Pakirovna tomonidan “Qarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ijtimoiy xodim faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida yetkazib berish jarayonlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tartibi, hujjatlarning yuritilishi, yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxatining shakllantirilishi va nazorat mexanizmlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bo‘yicha mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini to‘liq himoya qilishdan iboratdir.

Slide 1 of 3