Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
#Deputat_hududda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Radjapov Shuxratjon Payg‘amarovich tomonidan “Arg'in Sada” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tekshiruv davomida ta’lim muassasasining isitish tizimlari, qozonxona sxemasi, tom qismi, elektr va suv ta’minoti, shuningdek, umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish natijalari tuman hududidagi ta’lim muassasalarining mavsumiy tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashi!