Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Dehqon bozorlarida jamoatchilik nazorati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Muxitdinov va “Oybek” MFY raisi X.To‘layev “Parkent dehqon bozori” MChJ raxbari bilan hamkorlikda tumanimizdagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Bunda “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida xalq vakillari bozor ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozorda
oziq- ovqat mahsulotlarini yo‘l bo‘yi va yo‘laklarda sanitariya talablariga zid ravishda sotilmasligi, go‘sht do‘konlarida sotuvchilar maxsus kiyimsiz mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarni aytib o‘tdi. Shuningdek o‘rganishlar davomida jamoatchilik vakillari tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi. Bu kabi jamoatchilik nazoratlari davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
 

Slide 1 of 8