Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Dehqonariq va Navbur mahalla fuqarolar yig‘inlarining “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida hududdagi kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning holatini o‘rganish, ularning daromad darajasini tahlil qilish hamda daromadi oshgan va o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan oilalarni reyestrdan chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida mahallalarda kambag‘allik reyestrida qayd etilgan fuqarolar sonini MFY aholisi soniga nisbatan 4 foizgacha qisqartirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida muntazam monitoring olib borilishi belgilab qo‘yildi.

Slide 1 of 2