Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevnaning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Haydaraliyevnaning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti 

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashiga 19-Sharq saylov okrugidan saylangan deputat Muhabbat Tadjiyeva 2025-yilning uchinchi choragida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. 

  Shu davrda deputat xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 3 ta sessiyasida faol ishtirok etib, tuman va okrugdagi dolzarb masalalar bo‘yicha muhim tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Sessiyalarda yo‘l va transport infratuzilmasini yaxshilash, qish mavsumiga tayyorgarlik, bolalar va yoshlar uchun ijtimoiy obyektlar barpo etish hamda kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

 Uchrashuv davomida aholi ba'zi liftlarning foydalanishga yaroqsizligi, bolalar maydonchasini barpo etish va mavjudlarini ta'mirlash, piyodalar yo‘lagiga asfalt qoplamasi yotqizish, aholi dam olishi uchun hovlida ayvonchalar barpo etish kabi muammolar bilan murojaat qilishdi. Aniqlangan kamchilik va muammolar bo‘yicha mas’ullar bilan tezkor bog‘lanish, ularni hal etish choralarini ko‘rish va natijalarini shaxsan deputat nazorati ostida bajarish belgilandi.

Tadbir yakunida Muhabbat Tadjiyeva saylovchilar bilan ochiq muloqotlarni davom ettirishini, aholining muammolarini joyida o‘rganish va ularni amaliy yechish har doim uning faoliyatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini bildirdi.

Slide 1 of 1