Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
DEPUTAT TOMONIDAN YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI DEPARTAMENTI YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATIGA RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod tomonidan "Taraqqiyot" mahalla hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avariyalar va xavf omillarini oldini olish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligi departamentiga rasmiy so‘rov yuborildi va yuborilgan so‘rov asosida departamentning mas’ul mutasaddilari mahalla hududni o'rgangani tashrif buyurdi.

So‘rovda aholidan kelib tushgan murojaatlar hamda mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, tezlikni oshirish holatlari ko‘pligi qayd etilib, hududga zamonaviy radar qurilmasini o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur masalaning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va tegishli choralar ko‘rilishi yo‘l harakati madaniyatini oshirish, piyodalar, ayniqsa yoshlar va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida qayd etilgan.

️Deputat tomonidan yuborilgan so‘rov qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan mahalla aholisi muntazam xabardor etib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4