Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat Xalqaro forumda mukofotlandi va Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash borasidagi tashabbuslari E'tirof etildi

Joriy yilning 19–21-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida “Moda hamdo‘stdigi” IV Xalqaro forumi o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati, Markaziy Osiyo Dizaynerlar Ittifoqi raisi Gulyamova Kamala Xalitovna hamda MDH davlatlari yengil sanoati va moda industriyasi vakillari, Markaziy Osiyo Dizaynerlar Ittifoqi va Respublika Xunarmand Uyushmasi vakillari va dizaynerlar ishtirok etdi.

Ushbu forum MDH mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida savdo, sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi nufuzli platforma sifatida e’tirof etilgan.

Tadbir doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko forum doirasida yengil sanoat va kreativ industriya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Markaziy Osiyo Dizaynerlar Ittifoqi raisi Gulyamova Kamala Xalitovnaga “ Xalqaro Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun” forum mukofoti topshirildi.

 Shuningdek, deputat tomonidan kasb-hunar kurslariga jalb etilishi lozim bo‘lgan xotin-qizlar, ayollar toifasi aniqlanib, ularni tikuvchilik, dizaynerlik savodxonligi kabi yo‘nalishlarda o‘qitish bo‘yicha mas’ullarga yo'naltirildi. 

Deputatning nafaqat mahalladagi faoliyati balki xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 7