Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 108-sessiyasi

Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2024-yil 26-fevraldagi oltinchi chaqiriq 108-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya Kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

- Bo‘stonliq tumanidagi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilish holatlari to‘g‘risida; 

- Bo‘stonliq tumani hududidagi mahallalarning ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash to‘g‘risida; 

- “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish nazorat rejasiga asosan tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida; 

- Bo‘stonliq tumanida turmush sharoiti yaxshilangan oilalarni va vafot etgan fuqarolarni “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida;

 - Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining 2023-yil 22-iyundagi 5-1101-2305/809-sonli hal qiluv qarori muhokamasi to‘g‘risida;

- Bo‘stonliq tuman sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan qabullar davomida aniqlangan sog‘liqlarini tiklash uchun moddiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida bo‘ldi.

Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 4