Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Xabaringiz bor, 2024 yil 2 fevral kuni “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida ushbu Farmonning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida viloyat deputatlari hamda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyati mudirlariga seminar tashkil etildi.

Farmonga ko‘ra, yillar davomida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklanib kelingan qator vakolat va funksiyalar tizimlashtirilmoqda. 

Xususan, mahalliy Kengashlarga mahalliy hokimliklar, hududdagi davlat organlari va tashkilotlari hisobotlarini eshitishda mazmunan yaqin sohalarda o‘zaro takrorlanuvchi vazifalar yuklanganligi sababli ularni qayta ko‘rib chiqish, maqbullashtirish hamda tizimlashtirish zarurati mavjud edi. 

Kengashlarning qonunchilikdagi vakolatlari tizimlashtirilmagani natijasida mahalliy Kengashlar hokimliklar va qator davlat idoralarining u yoki bu sohaga oid hisobot va axborotlarini yiliga qariyb yuzdan ortiq marotaba eshitishi lozim edi. Bu esa, mahalliy Kengashlarning ish yuklamasini sun’iy ravishda oshirib, joylarda haddan tashqari tartibga solishga sabab bo‘lib, muhim vakolatlar nomigagina amalga oshirilishiga sabab bo‘layotgan edi. 

Farmon bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining davlat organlarining hisobot (axborot)larini eshitishga doir jami 38 ta funksiya va vakolatlari 10 taga birlashtirilgan holda tizimlashtirilishi, 17 ta vakolatidagi hisobotni (axborotni) eshitish davriyligi aniqlashtirilishi belgilanmoqda. 

Xususan, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, ularning tarmoq bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek mahallalardagi profilaktika inspektorlari ham mahalliy Kengashlarga alohida-alohida hisobot berar edi. 

Endilikda viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitadi. 

Farmon bilan Kengashlar oldida tegishli hududda faqatgina hokim, shuningdek hududiy davlat organlarining birinchi rahbarlari hisobdorligi belgilanishi kelgusida ushbu rahbarlarning Kengash oldida ham siyosiy ham professional mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

https://t.me/SamTvr/123754

Slide 1 of 5