Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida bitiruvchi yoshlarni nodavlat oliy ta’limga qiziqtirish maqsadida Koreya xalqaro universiteti bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan Toshloq tuman markazidagi Axborot kutubxona markazi majlislar zalida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarufidagi mavjud 51 ta umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida bitiruvchi yoshlarni nodavlat oliy ta’limga qiziqtirish maqsadida 2019-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Koreya xalqaro universiteti rahbar hodimlari jumladan rektor Park Tae Kyung janoblari bilan hamkorlik masalalari borasida uchrashuv tashkil etildi.  

Mazkur tadbirda universitet rektori va O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi bosh maslaxatchisi Shoxruxbek O‘ktamovlar mazkur ta’lim muassasasida talaba yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar va sharoitlar, xorijiy tillarni o‘rganishning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdilar. Notiqlar maktab direktorlari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdilar.  

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi xamda Koreya xalqaro universiteti rahbariyati o‘rtasidagi yoshlarni oliy o‘quv yurtiga o‘qishga jalb qilish yuzasidan o‘zaro kelishuv me’morandumi imzolandi. 

Slide 1 of 4