Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman 51-sonli umumta’lim maktabida partiyaning “Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligining garovi” loyihasi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman 51-sonli
umumta’lim maktabida partiyaning “Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligining garovi” loyihasi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 

🔹Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputat A.Alobidinov, mahalla faollar ishtirok etdilar. 

🔹Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman deputati A.Alobidinov: “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ 474-sonli Qonuni haqida to‘xtalib, ushbu Qonunning 14-moddasida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish, ya’ni Fuqarolar yig‘ini: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini; 

ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining, joylardagi ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini; 

tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotini; 

tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlarini eshitishi haqida to‘xtalib, har bir fuqaro jamoatchilik vakili sifatida ishtirok etishi mumkinligini, shuningdek, farzandlari ta’lim olayotgan o‘quv maskanlarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini bemalol kelib
o‘rganishga haqli ekanligini, bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.
  

Slide 1 of 1