Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumaniga tashrifi to'g'risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumaniga tashrifi jarayonida tuman hududida saqlanib qolgan Buxoroning V-VI asrlardagi chegaralarini aniqlab beruvchi yagona inshoot sifatida qadrlanadigan Kanpirak devori holati bilan tanishdi.

Jarayonda ushbu noyob yodgorlikni kelgusi avlod uchun ham saqlab qolish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi, uning xalqaro M-37 yo‘li yoqasida joylashganligining inobatga olib, Samarqand-Buxoro turistik yo‘nalishlaridagi turistik manzil sifatida kiritish, atrofini o‘rib, muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi va senatorlik so‘rovi yo‘llash bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: hozirgi paytda O‘zbekiston tarixi fanida Kanpir devor (Devori kanpirak) atamasi O‘rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo etilgan mudofaa inshootlari tizimini anglatadi. «Kanpir devor» so‘zining ma’nosi qazilgan choh demakdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. «Pir» bo‘g‘ini esa qadimgi payrya – aylana, o‘rov ma’nosida. Demak, kan(m)pir so‘zining o‘zi handaqli devor degani. Devor so‘zi kanpir so‘zining tub ma’nosi unutilganda qo‘shilgan.

Yodgorlik V-VI asrlarga oid bo‘lib tarixi aynan Eftaliylar davriga borib taqaladi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 7