Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
cессия
янв.21
OBODLIK MAHALLADAN BOSHLANADI!
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
https://t.me/Sox_Kengash_kotibiyat/1140
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
Xotin-qizlar bandligini ta'minlash yo'lida

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lishi va doimiy bandligini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Xo'ja Ismoil mahallasida joylashgan "PARADISE WHITE GOLD TEXTILE" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ayniqsa, ayollar bandligi masalasini o‘rganib chiqdi.

M.Nurmanova o‘z suhbatida:

— Ayollarimizning kasb-hunar egallashi, ularning doimiy ish bilan ta’minlanishi nafaqat oilaviy farovonlik, balki butun jamiyat taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadi. Bunday ilg‘or tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash — biz deputatlarning muhim vazifalaridan biridir, — deya ta’kidladi.

Shuningdek, deputat korxona rahbariyati bilan yaqin hamkorlikda yana ko‘plab xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish borasida qo‘shimcha taklif va tashabbuslarni muhokama qildi.

Bu kabi tashriflar va amaliy hamkorliklar joylarda ishsizlik darajasini kamaytirish, ayniqsa, xotin-qizlarning hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “PARADISE WHITE GOLD TEXTILE” korxonasining faoliyati esa boshqa tadbirkorlar uchun namuna bo‘la oladi. 

Slide 1 of 3