Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
8-DEKABR - O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi chorak asrdan sal ko‘proq muqaddam 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb e’lon qilib, demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, ijtimoiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ldi. Bu millatlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, tarixiy-madaniy an’analarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Ushbu hujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

Konstitutsiya Kuni erkin va kuchli davlat ramzi, mamlakat taraqqiyoti va har bir insonning hayot sifatini oshirish poydevoridir.

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan, Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengash kotibiyati jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Slide 1 of 1