Yangiliklar

Bozorda asosiy iste’mol mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlaridan tuzilgan ishchi guruh Taxiatosh dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi hamda savdodagi yetarliligini o‘rganishni boshladi.

🔎 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich hamda “Ekspert guruhi” a’zolari ishtirok etdi.

🌾 Dastlab bozorda un mahsulotlarining:
🔹 amaldagi narxlari;
🔹 savdoda mavjudligi;
🔹 aholining talabini qoplash darajasi o‘rganildi.

💬 Shuningdek, savdo jarayonida mahsulotlarning uzluksizligi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan ham ma’lumotlar olindi.

⬇️ O‘rganish ishlari boshqa asosiy iste’mol mahsulotlari bo‘yicha ham davom ettiriladi.