35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#deputat faoliyati

Deputatlar tomonidan Obod Turmush MFY “yettiligi” faoliyati va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari 6-saylov okrug deputati K.Xakimov, kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibyat xodimi N.Jo'raboyevalar ishtirokida hududida joylashgan Obod Turmush mahalla fuqarolar yig‘ini “yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “yettilik” tarkibidagi har bir xodimning faoliyati alohida tahlil qilindi. Ularning fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishi, shuningdek, joylardagi muammolarni aniqlash va hal etishdagi ishtiroki o‘rganildi.

Jarayonda aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2