Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 22–27-iyun kunlari davomida amalga oshirilgan asosiy ishlari yuzasidan haftalik sarhisob bilan tanishing.
📌 Hafta davomida quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borildi:
✅ Ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etgan deputatlar faoliyati tahlil qilindi hamda eng faol deputatlar e’tirof etildi.
✅ Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari yuborildi.
✅ Kengashning doimiy komissiyalari tomonidan biriktirilgan sohalarda nazorat tadbirlari, o‘rganishlar va yig‘ilishlar tashkil etildi.
✅ Tumanda 162 ta qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.