Vorsin mahallasida o‘tkazilgan "Jaholatga qarshi-ma'rifat" targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman ayollar targ‘ibot guruhi rahbari M.Yo‘ldosheva yuqoridagi fikrni ilgari surdi. U o‘z so‘zida O‘zbekistonning kecha va buguni, dunyoda ro‘y berayotgan turli voqealar, internet va yoshlar kabi mavzularda so‘z yuritdi. Shuningdek, viloyat Kengashi deputati M. Sayfiddinova, Toyloq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi N. Akramovalar qizlar ma’naviyati, ta’lim-tarbiyasi, oila mustahkamligi, islom dinining asl mohiyati haqida fikr-mulohaza bildirib, tumanda voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, yoshlarni nazoratsiz va qarovsiz qolish sabablarini bartaraf etish, diniy aqidaparastlik va giyohvandlikka qarshi kurashish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilishini bartaraf etish va o‘quvchilar davomatini oshirish to‘g‘risida so'z yuritdilar.