Yangiliklar

Deputat aholi bilan uchrashdi: murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi

Deputat aholi bilan uchrashdi: murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 10-"Axil" okrugi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan "Axil" va "Elparvar" mahallalarda ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbirda aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, turli ijtimoiy masalalar bo‘yicha fikr va takliflar tinglandi.

Muloqotda ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan, boquvchisini yoʻqotgan va pensiyanerlar bilan suhbat olib borildi. Aholini qiynab kelayotgan turli masalalar, hususan, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal, sogʻliqni saqlash va boshqa fuqorolar muammolari eshitildi hamda mahallada sanitariya holatini yaxshilash uchun qo‘shimcha ishlar rejalashtirildi.

Deputat o‘z nutqida, aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lish va ularning muammolarini yechishga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Fuqarolar tomonidan kiritilgan barcha takliflar jiddiy o‘rganilib, tegishli boshqaruv organlariga yuboriladi.

Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni so‘rashi va mahalladagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikrlarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Slide 1 of 3