Yangiliklar

#Deputat_nazorati

📌 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 2-Bog‘ okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich tomonidan Yangi Jigariston mahallasida “Kambag‘allik reestri”ga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq rahbar xodimlarga biriktirilgan,  kambag'allik reestrida nazoratda turuvchi  oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari doirasida 

deputat tomonidan  ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini oshirish yuzasidan oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.

📍Mahalla vakillari bilan birgalikda har bir xonadon kesimida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🌿 Mazkur ishlar aholining turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlar doirasida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5