Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning OHIChKning yettinchi sammitidagi nutqi Osiyoda tinchlik, o‘zaro ishonch va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

🔰#munosabat

🏦Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning OHIChKning yettinchi sammitidagi nutqi Osiyoda tinchlik, o‘zaro ishonch va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.
🏦Bugungi murakkab geosiyosiy vaziyatda nizolarni faqat tinch va diplomatik yo‘l bilan hal etish, davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish har qachongidan ham muhim.
🏦Ayniqsa, sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, suv resurslarini tejash va inson salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi.
🏦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, tinchlik va ishonchga asoslangan hamkorlik — barqaror rivojlanishning eng muhim shartidir. O‘zbekiston ilgari surayotgan tashabbuslarning amaliy ro‘yobga chiqishi nafaqat mintaqaviy barqarorlikni, balki xalqlar farovonligini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Rohila Bozorova ,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt