Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 DEPUTATLIQ QADAǴALAW
янв.21
#DEPUTATISKERLIGI #QARARLARORINLANIWI Qarardıń orınlanıwı úyrenildi
янв.21
📢 SIZ ÓZ MÁHÁLLEŃIZ DEPUTATÍN TANÍYSÍZ BA?
янв.21
🏫 Sociallıq obyektler úyrenilmekte
янв.21
#GÚZ-QIS MÁWSIMINE TAYARLIQ Sociallıq obyektlerdiń jılıtıw tarmaqları úyrenilmekte
янв.21
#24-MÁSELE 📚 Mekteptegi sociallıq hám materiallıq baza úyrenildi
янв.21
MÚRÁJATLAR ORÍNLANÍWÍ - DEPUTAT QADAǴALAWÍNDA
янв.21
🏛 DEPUTATNING 7 TA ASOSIY MAJBURIYATI.
янв.21
🏘 Isbilermenlikke berilgen múmkinshilik – shańaraq párawanlıǵına xızmet etpekte Aq jap máhallesinde isbilermenlikti qollap-quwatlawdıń ámeliy nátiyjesi úyrenildi.
янв.21
🏘 Máhállede isbilermenlik: bántlik hám qosımsha dárámat ushın jańa múmkinshilik Begjap máhallesinde isbilermenlik jumıslarınıń nátiyjeliligi deputatlıq qadaǵalaw tárizinde úyrenildi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI IJROSI O‘RGANILDI

 Davlat tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviy boyligimiz va xalqimizning bebaho qadriyatidir. Shu bois davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, uning qonuniy asosda qo‘llanilishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijro etilishi, davlat tilidan foydalanish holati hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini o‘rganishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
⏺ O‘rganish maxsus savolnoma asosida amalga oshirildi. Unda davlat tilidan foydalanish, ish yuritish va rasmiy hujjatlarni davlat tilida yuritish, davlat tili qonunchiligi talablariga rioya etilishi hamda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 O‘rganish doirasida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tuman hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi Azimboyev Dilshod To‘lqinovich bilan uchrashdi.
📌 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi;
🔹 tashkilot va muassasalarda ish yuritishning davlat tilida olib borilishi;
🔹 rasmiy hujjatlar, yozishmalar va axborotlarda o‘zbek tilidan to‘g‘ri va me’yoriy foydalanish;
🔹 davlat tilining jamiyatdagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish;
🔹 aholiga davlat tilida sifatli va tushunarli axborot yetkazish;
🔹 davlat tili bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
🔹 aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralari.
🟢 O‘rganish davomida aniqlangan mavjud muammolar yuzasidan ham fikr almashildi. Masalalarni faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar oldiga tegishli vazifalarni qo‘yish va ijrosini nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Shu maqsadda mavjud muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi. Deputatlik so‘rovlari orqali aniqlangan masalalarning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash, shuningdek, ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.
🟢 Uchrashuv yakunida davlat tiliga oid qonun hujjatlari talablarini amaliyotga izchil tatbiq etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va davlat tilidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🟢 Ona tilimiz — xalqimizning tarixi, buguni va kelajagini birlashtirib turuvchi buyuk ma’naviy qadriyatdir.
🟢 Davlat tiliga e’tibor — milliy qadriyatlarga e’tibor!
🟢 Ona tilimizni asrash, uning nufuzini yuksaltirish va rivojlantirish — barchamizning sharafli burchimiz!

Slide 1 of 4