#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
🏛 DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA O‘RGANISH
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “Mehnatobod” mahallasi faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan:
▪️ aholi murojaatlari bilan ishlash;
▪️ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
▪️ yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash;
▪️ hududni obodonlashtirish;
▪️ jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌 Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda mahalla aholisi uchun qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube