Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov tomonidan navbatdagi manzilli o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
Xususan, Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mas'uli O.Mirzakarimov 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholining muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputat va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Mustaqillik” MFYda bo‘ldilar.
➡️O‘rganishlar davomida quyidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:
➡️Birinchidan, hokim yordamchilari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish va bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi;
➡️Ikkinchidan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlash va to‘lash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
📌 Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mavjud zaxiralardan oqilona foydalanish, belgilangan vazifalarni tezkor va sifatli bajarish hamda ko‘rsatkichlar ijrosini to‘la ta'minlash yuzasidan mas'ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅ Tadbir yakunida hududda aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikka qarshi kurashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash hamda bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirib, ularning ijrosini doimiy nazorat ostida saqlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.