Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Qoraqalpog‘iston: yangi imkoniyatlar va aniq natijalar sari
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Imkaniyatlar esigi ashılmaqta: Qaraqalpaqstannıń jańa rawajlanıw baǵdarları
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 21–25-sentabr kunlari davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda, avvalo, deputatlarning saylov okruglarida olib borgan o‘rganishlari, hududlarda aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning ijrosi va natijadorligi yuzasidan o‘rganishlarda qayd etilgan holatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi muhim masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalasi bo‘ldi. Mazkur hujjatda hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, kichik biznesni rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan, hududlarda tashkil etilayotgan shtablar faoliyati, ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish va belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi ustidan mahalliy Kengash deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Deputatlar tomonidan saylov okruglarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari ham shu yo‘nalishdagi amaliy vazifalar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, deputatlik so‘rovlarining ijrosi, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalari ham tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, hududlarda aniqlanayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda nazorat qilib borish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3