Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 DEPUTATLIQ QADAǴALAW
янв.21
#DEPUTATISKERLIGI #QARARLARORINLANIWI Qarardıń orınlanıwı úyrenildi
янв.21
📢 SIZ ÓZ MÁHÁLLEŃIZ DEPUTATÍN TANÍYSÍZ BA?
янв.21
🏫 Sociallıq obyektler úyrenilmekte
янв.21
#GÚZ-QIS MÁWSIMINE TAYARLIQ Sociallıq obyektlerdiń jılıtıw tarmaqları úyrenilmekte
янв.21
#24-MÁSELE 📚 Mekteptegi sociallıq hám materiallıq baza úyrenildi
янв.21
MÚRÁJATLAR ORÍNLANÍWÍ - DEPUTAT QADAǴALAWÍNDA
янв.21
🏛 DEPUTATNING 7 TA ASOSIY MAJBURIYATI.
янв.21
🏘 Isbilermenlikke berilgen múmkinshilik – shańaraq párawanlıǵına xızmet etpekte Aq jap máhallesinde isbilermenlikti qollap-quwatlawdıń ámeliy nátiyjesi úyrenildi.
янв.21
🏘 Máhállede isbilermenlik: bántlik hám qosımsha dárámat ushın jańa múmkinshilik Begjap máhallesinde isbilermenlik jumıslarınıń nátiyjeliligi deputatlıq qadaǵalaw tárizinde úyrenildi.
"Navbahor" mahallasida ehtiyojmand oilalar holati "xonadonbay" o‘rganildi!

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida har bir ehtiyojmand oila bilan "xonadonbay" va manzilli ishlash, fuqarolarning daromadini oshirish, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini amalda ta’minlash maqsadida, tuman kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatov tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashiga 12-“Navbahor” saylov okrugidan deputat S.Valiyevaning  okrugi hududidagi “Navbahor” mahallasida, mahalla yettiligi bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashdi.

Mas’ullar mahalladagi kambag‘al va ehtiyojmand oilalar xonadonlariga bevosita kirib borib, ularning ijtimoiy sharoiti, daromad manbalari, bandlik holati hamda mavjud imkoniyatlarini o‘rgandilar.
Muloqotlar davomida:

• Bandlikni ta’minlash: Vaqtincha ishsiz bo‘lgan oila a’zolarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish;

• Tadbirkorlik va daromad: O‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda tomorqadan unumli foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan shahar va mahalla mas’ullariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3