35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputat Boyqishloq mahallasi faollari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov Boyqishloq mahallasi faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, hududni obodonlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3