Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 DEPUTATLIQ QADAǴALAW
янв.21
#DEPUTATISKERLIGI #QARARLARORINLANIWI Qarardıń orınlanıwı úyrenildi
янв.21
📢 SIZ ÓZ MÁHÁLLEŃIZ DEPUTATÍN TANÍYSÍZ BA?
янв.21
🏫 Sociallıq obyektler úyrenilmekte
янв.21
#GÚZ-QIS MÁWSIMINE TAYARLIQ Sociallıq obyektlerdiń jılıtıw tarmaqları úyrenilmekte
янв.21
#24-MÁSELE 📚 Mekteptegi sociallıq hám materiallıq baza úyrenildi
янв.21
MÚRÁJATLAR ORÍNLANÍWÍ - DEPUTAT QADAǴALAWÍNDA
янв.21
🏛 DEPUTATNING 7 TA ASOSIY MAJBURIYATI.
янв.21
🏘 Isbilermenlikke berilgen múmkinshilik – shańaraq párawanlıǵına xızmet etpekte Aq jap máhallesinde isbilermenlikti qollap-quwatlawdıń ámeliy nátiyjesi úyrenildi.
янв.21
🏘 Máhállede isbilermenlik: bántlik hám qosımsha dárámat ushın jańa múmkinshilik Begjap máhallesinde isbilermenlik jumıslarınıń nátiyjeliligi deputatlıq qadaǵalaw tárizinde úyrenildi.
Xalq deputatlari Тoshkent viloyati Kengashi deputati Nizomiddin Botirov Kengashning ish rejasiga asosan o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlarini o‘rgandi.

#deputatlik_nazorati

Saylovchilar murojaatlari — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Тoshkent viloyati Kengashi  deputati Nizomiddin Botirov Kengashning ish rejasiga asosan o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaatlarini o‘rgandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mazkur uchrashuv “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Mazkur Qonunga ko‘ra, deputat o‘z saylovchilarining manfaatlarini ifoda etadi, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi hamda hududni rivojlantirish masalalarini hal etishda ishtirok etadi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonun talablariga amal qilinib, murojaatlarning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi hamda fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash choralarini ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Deputat tomonidan o‘rganilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni nazoratga olish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 2