Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 DEPUTATLIQ QADAǴALAW
янв.21
#DEPUTATISKERLIGI #QARARLARORINLANIWI Qarardıń orınlanıwı úyrenildi
янв.21
📢 SIZ ÓZ MÁHÁLLEŃIZ DEPUTATÍN TANÍYSÍZ BA?
янв.21
🏫 Sociallıq obyektler úyrenilmekte
янв.21
#GÚZ-QIS MÁWSIMINE TAYARLIQ Sociallıq obyektlerdiń jılıtıw tarmaqları úyrenilmekte
янв.21
#24-MÁSELE 📚 Mekteptegi sociallıq hám materiallıq baza úyrenildi
янв.21
MÚRÁJATLAR ORÍNLANÍWÍ - DEPUTAT QADAǴALAWÍNDA
янв.21
🏛 DEPUTATNING 7 TA ASOSIY MAJBURIYATI.
янв.21
🏘 Isbilermenlikke berilgen múmkinshilik – shańaraq párawanlıǵına xızmet etpekte Aq jap máhallesinde isbilermenlikti qollap-quwatlawdıń ámeliy nátiyjesi úyrenildi.
янв.21
🏘 Máhállede isbilermenlik: bántlik hám qosımsha dárámat ushın jańa múmkinshilik Begjap máhallesinde isbilermenlik jumıslarınıń nátiyjeliligi deputatlıq qadaǵalaw tárizinde úyrenildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri A. Anarov tomonidan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Xayitkulova ishtirokida uchrashuv va amaliy muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri A. Anarov tomonidan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari hamda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R. Xayitkulova ishtirokida uchrashuv va amaliy muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xalq deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik odob-axloqi talablariga rioya etish, Kengash doimiy komissiyalari faoliyatini belgilangan tartibda yuritish hamda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik odob-axloqi masalalari, normativ-huquqiy hujjatlarni yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va tizimlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Deputatlar va Kotibiyat xodimlarining ish faoliyatida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda ijro nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish va hujjatlarni yuritishda yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 1