35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN MABLAG‘LAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining xulosalari asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan ishlarning amaldagi holatini baholash maqsadida tashkil etildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan aholi gavjum hududlar, katta chorrahalar hamda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan PTZ turdagi videokuzatuv kameralarining:
• haqiqatda o‘rnatilganligini;
• texnik va ishchi holatini;
• belgilangan hududlarni to‘liq qamrab olishini;
• foydalanish samaradorligini;
• ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanganligini
joyiga chiqqan holda o‘rganishdan iborat.
O‘rganish jarayonida
O‘rganishda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovich, shuningdek, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Mas’ullar tomonidan videokuzatuv kameralarining o‘rnatilgan manzillari, ularning texnik holati, amalda ishlayotgani hamda ajratilgan mablag‘lar hisobidan bajarilgan ishlarning belgilangan maqsadlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Deputatlik nazorati — mablag‘lar samaradorligining muhim kafolati
O‘rganishlarning asosiy maqsadi faqat mavjud holatni aniqlash emas, balki Kengash qarorlari asosida ajratilayotgan mablag‘larning aholining xavfsizligi va farovonligiga xizmat qilayotganini ta’minlashdan iborat.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 3