35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
TOMORQA VA DЕHQON XO‘JALIKLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

TOMORQA VA DЕHQON XO‘JALIKLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi 205-son “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi masalasi muhokama qilindi.
Unda Pastdarg‘om tumanida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yer maydonlaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari va mas’ul tashkilotlar oldida turgan vazifalar muhokama qilinib, ijroni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar belgilab olindi.
🌾 Yer — xalq boyligi. Undan oqilona va samarali foydalanish esa nafaqat qishloq xo‘jaligi rivoji, balki aholi farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.
Doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2