35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
DEPUTATLIK NAZORATI: ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH O‘RGANILMOQDA

DEPUTATLIK NAZORATI: ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH O‘RGANILMOQDA

🏭 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanda foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish holati deputatlik nazoratiga olindi.

📄 Shu maqsadda doimiy komissiya raisi O‘tkirjon Shukurov tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari T. Qosimovga rasmiy xat yo‘llanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son qarori talablari asosida tumanda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🔎 Xususan, bo‘sh va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish obyektlarini aniqlash, ularni iqtisodiy aylanmaga jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinadi.

📊 Mazkur o‘rganish orqali mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va tumanda yangi ish o‘rinlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash hamda ularning yechimiga erishish ko‘zda tutilgan.

Deputatlik nazorati — iqtisodiy imkoniyatlarni ishga solish va aniq natijaga erishishning muhim vositasi.