35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
24-TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 1-Guliston saylov okrugi deputati I.N. Baxromov hududida 24-tavsiya ijrosi doirasida 9-sonli umumta’lim maktabida kutubxona va sport zalining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab kutubxonasining faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kutubxonadan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab sport zalining holati, uning jihozlanganlik darajasi, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona va sport zalidan samarali foydalanishni ta’minlash, o‘quvchilarning kitobxonlik hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov ishtirokida olib borildi.

O‘rganish ishlari deputatlik nazoratini kuchaytirish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda ularning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Slide 1 of 5