#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
Bandixon tumanida yoshlar siyosati sohasidagi islohotlarning amaldagi ijrosini ta’minlash, navqiron avlod vakillarining bandligini ta’minlash va ularning masalalarini manzilli hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod yurt" MFYda bo‘lib, Yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
Monitoring davomida mahalladagi 14–30 yoshdagi 992 nafar yoshlarning toifalar bo‘yicha kesimi (688 nafar yashil, 304 nafar sariq va 2 nafar qizil toifa) tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ishsiz va norasmiy band yoshlar bilan manzilli ishlarni kuchaytirish hamda ularga tadbirkorlik va subsidiyalar orqali ko‘maklashish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.