🏥Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi S.Abushamayevlar ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
📝 O‘rganish jarayonida aholining belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanishi, mazkur dori vositalarining tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazib berilishi va fuqarolarga belgilangan tartibda topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏥 Shuningdek, tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlarning shifokor tavsiyalariga muvofiq davolanishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun ajratilayotgan dori vositalarining maqsadli va samarali foydalanilishi holati ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!