35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
🍲 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida taom tayyorlash holati o‘rganildi
🍲 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida taom tayyorlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, 15-“Humo” saylov okrugi deputati Qurbonov Farhod Absalomovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 33-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun ovqat tayyorlanadigan oshxonadagi holatni o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida oshxonada taom tayyorlash jarayoni, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, oshxona jihozlari va anjomlarining tozaligi, shuningdek, xodimlarning sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishi ko‘zdan kechirildi.

📋 Mazkur jarayon SanQvaN 0016-21-son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga oid gigiyenik talablar” asosida tashkil etilishi lozim.

🧑‍🍳 Ushbu sanitariya qoidalarida oshxonalarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlash, ularni saqlash va qayta ishlash, taom tayyorlash jarayoni, oshxona jihozlarining sanitariya holati hamda xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga oid talablar belgilangan.

🧼 O‘rganish davomida oshxona xodimlarining maxsus kiyimlardan foydalanishi, ish jarayonida tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

📌 Tashrif yakunida oshxonada sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash va taomlarni tayyorlash jarayonini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash — muassasa faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati 
Slide 1 of 5