35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari A. Erkinov, S. Matyaqubova hamda deputat I. Abdullayeva tomonidan Kenagas mahallasi Rizq ko‘chasi 38-uyda yashovchi Boltayev O‘ktam xonadonida bo‘lib,
Kengash tavsiyasiga asosan ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, samarali va manzilli foydalanilishi holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida xonadonga 67,6 million so‘m mablag‘ ajratilgani va ushbu mablag‘lar hisobidan zamonaviy radiatorlar yangidan o‘rnatilgani, suv nasosi o‘rnatilgani, eski yog‘och derazalar yangi PVX derazalarga almashtirilgani, tashqi eshik zamonaviy temir eshikka almashtirilgani aniqlandi.
Shuningdek, xonadondagi yuvinish xonasi to‘liq ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Mazkur o‘rganish jarayonida davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning manzilli, shaffof va samarali sarflanishi, aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilishi muhim mezon sifatida qayd etildi.
Deputatlik nazorati orqali aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makning amaliy natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1