35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami

🏛 Yangi o‘quv yilining ilk kuni — o‘quvchilar, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji bolajonlar uchun unutilmas bayramdir. Yuksalish mahallasida joylashgan 263-sonli umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tkazildi.

📝 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 45-Qo‘yliq saylov okrugi deputati Sevara Fayziyeva ishtirok etib, maktab jamoasi, ustozlar, ota-onalar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi. Ayniqsa, joriy o‘quv yilida maktabning 7 ta birinchi sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarning ilk bor maktab hayotiga qadam qo‘yayotgani bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Mazkur sinflarda ta’lim rus tilida olib borilmoqda.

📁 Bayram tadbiridan so‘ng deputat Sevara Fayziyeva o‘zi saylangan 45-Qo‘yliq saylov okrugi hududidagi Yuksalish mahallasida joylashgan 263-sonli maktab faoliyatini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova bilan birgalikda o‘rgandilar. O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Maktabning isitish tizimlari ko‘zdan kechirilib, ularning mavsumga tayyorgarligi va sozligi o‘rganildi. Shuningdek, oshxonadagi sharoitlar ko‘rib chiqilib, o‘quvchilar uchun taom tayyorlash va tarqatish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi nazorat qilindi.

🔺 O‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, yuqori sinf o‘quvchilari tahsil oladigan xonalardagi videokuzatuv tizimlari doimiy nazoratda ekani qayd etildi.

🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Zero, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi muhim masalalarga amaliy yechim topishga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

💡 Yangi o‘quv yili 263-sonli maktab o‘quvchilari uchun yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va katta orzular sari dadil qadam bilan boshlandi!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10