35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
"Kattabog‘" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.


Termiz shahrida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla darajasida aholi murojaatlarini tinglash borasidagi amaliy muloqotlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida bo‘lib, fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdilar.

Qabul davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarga, ayniqsa xotin-qizlarga Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-561-sonli Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan:

Himoya orderining ahamiyati: Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlarga profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faoli tomonidan "Himoya orderi" berilishi tartibi va uning huquqiy kafolatlari;

Zo‘ravonlik turlari va javobgarlik: Maishiy, ruhiy, jismoniy hamda iqtisodiy zo‘ravonlik tushunchalari va bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar;

Ijtimoiy-huquqiy ko‘mak: Ayollarga huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatish, "Ayollar daftari" va ijtimoiy xizmatlar orqali ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntirildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan boshqa shaxsiy va ijtimoiy murojaatlar ham tinglanib, ularga joyida huquqiy maslahatlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.