35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI.

❇️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "14-A.Ikromov" saylov okrugi deputati D.Xamraqulov tomonidan “Amirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Obod”, “Ozodlik” hamda “Tinchlik” ko‘chalarida joylashgan mavjud 3 ta suv minorasini ishga tushirish yuzasidan 2026-yil 19-avgust kuni 65-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.

❇️ Mazkur deputat so‘roviga Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyev tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

❇️ O‘rganishlar davomida “Amirobod” MFY hududidagi “Obod”, “Ozodlik” hamda “Tinchlik” ko‘chalarida joylashgan, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tumani bo‘limi tasarrufidagi ichimlik suvi inshootlari hozirgi kunga qadar ishchi holatga keltirilmaganligi aniqlangan.

❇️ Mazkur suv inshootlarining ishga tushirilmaganligiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sabab bo‘lganligi ma’lum qilindi.

❇️ Shu bilan birga, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan mazkur ichimlik suvi inshootlarida ichki mablag‘lar hisobidan ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishi belgilangan.

❇️ “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tumani bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, “Obod”, “Ozodlik” hamda “Tinchlik” ko‘chalaridagi 3 ta suv inshootida ta’mirlash-tiklash ishlari 2026-yil IV choragi yakuniga qadar amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1