35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha muhim qaror

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 25-avgustdagi III-23-74-14-204-K/26-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ-1153-son Qonuni ijrosini ta’minlash hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan.
🔹 Qarorga muvofiq, Chilonzor tumanida jamoatchilik asosida ishlovchi ishchi guruh tashkil etildi.
🔹 Ishchi guruh tarkibiga tuman hokimligi, qurilish, kommunikatsiyalar, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlari mas’ullari, Davlat kadastrlar palatasi Chilonzor tuman filiali vakillari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari kiritildi.
🔹 Ishchi guruhga O‘RQ-937-son Qonunining tegishli normalariga muvofiq, yer uchastkasi qaysi yilda egallab olingani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish vazifasi yuklatildi.
📍 Qarorning ijrosini ta’minlash mas’uliyati Chilonzor tuman hokimining tegishli o‘rinbosariga, ijroni nazorat qilish esa Kengashning doimiy komissiyalariga yuklatildi.