35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
YOSHLAR — XAVFSIZLIK MADANIYATINING FAOL TARG‘IBOTCHILARI!

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Hamkorlik_faoliyati #295_maktab

YOSHLAR — XAVFSIZLIK MADANIYATINING FAOL TARG‘IBOTCHILARI!

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Aziz Ikromov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “16-Algoritm” okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov saylov okrugi hududidagi 295-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldilar.

🚨 Tashrif davomida maktabda yosh avlodning favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda zarur holatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” hamda “Volontyor koordinator” xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🏫 Mazkur xonalar o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va yoshlarni ko‘ngillilik faoliyatiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Tashrif davomida yoshlar bilan ishlash, ularning xavfsizlik madaniyatini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📇 Yosh avlodga nafaqat bilim berish, balki ularni hayot xavfsizligi, mas’uliyat va fuqarolik faolligi ruhida tarbiyalash — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Yosh qutqaruvchi” va “Volontyor koordinator” kabi tashabbuslar o‘quvchilarni faol, mas’uliyatli va jamiyat xavfsizligiga befarq bo‘lmagan yoshlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6