35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
DOIMIY KOMISSIYALAR MAJLISLARI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM SHAKLI


Doimiy komissiyalar majlislari mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, muhim masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga yechim topish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Majlislar davomida tegishli sohalardagi qonunlar, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hujjatlari hamda mahalliy Kengash qarorlarining ijrosi tahlil qilinadi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarning axborotlari eshitilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

🔹 Doimiy komissiyalar faoliyatida:
— hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilinadi;
— qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganiladi;
— mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitiladi;
— deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ko‘rib chiqiladi;
— aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar beriladi;
— masalalar Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tayyorlanadi.

Doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinadi.

Bunday majlislar aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi muammolarni tizimli o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1